«vafot etdi» tegli maqolalar


Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk vafot etdi
10 may 2022, 23:35

Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk vafot etdi

Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 88 yoshida vafot etdi.

Andijonda bolalar bog‘chasining 4 yoshli tarbiyalanuvchisi uyqu vaqtida vafot etdi
22 aprel 2022, 14:52

Andijonda bolalar bog‘chasining 4 yoshli tarbiyalanuvchisi uyqu vaqtida vafot etdi

Oltinko‘l tumanidagi 31-maktabgacha ta’lim tashkilotining 4 yoshli tarbiyalanuvchisi uyqu vaqtida olamdan o‘tdi. U tarbiyachi bolalarni uyqudan uyg‘otgan vaqtida qaytib o‘rnidan turmagan. Tashkilot hamshirasi bolada hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmaganini aytdi.

Qashqadaryoda mahalla yoshlar yetakchisi o‘z joniga suiqasd qildi
18 aprel 2022, 10:01

Qashqadaryoda mahalla yoshlar yetakchisi o‘z joniga suiqasd qildi

G‘uzor tumanining «Sovbog‘» mahallasida yoshlar yetakchisi bo‘lib ishlagan 37 yoshli erkak o‘zini osib qo‘ydi. Bunga uning ruhiyatidagi o‘zgarishlar, shu jumladan qarzi ko‘payib ketgani va ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan avariyada Qirg‘iziston fuqarosi vafot etdi
16 aprel 2022, 13:17

Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan avariyada Qirg‘iziston fuqarosi vafot etdi

Qirg‘izistonlik haydovchi boshqaruvidagi suyultirilgan gaz ortilgan yuk mashinasi Qamchiq dovonida qatnov qismini ajratib turuvchi to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi. Buning oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etdi.

Ukrainada 1276 nafar tinch aholi halok bo‘ldi — BMT
2 aprel 2022, 14:43

Ukrainada 1276 nafar tinch aholi halok bo‘ldi — BMT

24 fevraldan 1 aprelga qadar Ukrainadagi urush oqibatida 1276 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, yana 1981 kishi yaralandi. Bu BMT tomonidan tasdiqlangan raqamlar, asl holat bundanda ko‘proq bo‘lishi mumkin. Ukraina bosh prokurori juma kuni soat 8:00 holatiga jami 153 nafar bola halok bo‘lgani va 245 nafar bola jarohat olganini qayd etdi.

Teatr rejissyori Jo‘ra Mahmudov vafot etdi
24 yanvar 2022, 10:49

Teatr rejissyori Jo‘ra Mahmudov vafot etdi

O‘zbekiston san’at arbobi, teatr rejissyori Jo‘ra Mahmudov 80 yoshida vafot etdi. U faoliyati davomida «Qirol Lir», «Ona»,"Qiyomat qarz", «Og‘riq tishlar», «Qayerdasan, jon bolam» va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan.

Farg‘onada yana uch kishi is gazidan zaharlandi
18 yanvar 2022, 17:41

Farg‘onada yana uch kishi is gazidan zaharlandi

Farg‘ona shahrida ikki nafar harbiy xizmatchi va 17 yoshli qiz is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2021−2022 yilgi isitish mavsumi boshidan beri 40-baxtsiz hodisa. Mavsum davomida is gazidan jami 54 kishi vafot etgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Dilbar Mahmudova vafot etdi
17 yanvar 2022, 13:55

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Dilbar Mahmudova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist hamda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi Dilbar Mahmudova 85 yoshida vafot etdi. Uning turmush o‘rtog‘i bilan hammualliflikdagi bir qancha pesalari O‘zbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgandi.

Toshkentdagi YTHda ikki o‘smir halok bo‘ldi
17 yanvar 2022, 11:16

Toshkentdagi YTHda ikki o‘smir halok bo‘ldi

Toshkentning Yashnobod tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan o‘smir (2005 y.t.) Spark mashinasida tezlikni oshirishi tufayli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir panjaraga urilgan. Buning oqibatida esa avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan.

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Nikolay Shirshov vafot etdi
28 dekabr 2021, 15:35

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Nikolay Shirshov vafot etdi

O‘zbekiston terma jamoa va Toshkentning «Paxtakor» klubi sobiq a’zosi Nikolay Shirshov 47 yoshida vafot etdi. U terma jamoa safida 63 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta golga mualliflik qilgan.

Buxoroda Milliy gvardiya xodimi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
27 dekabr 2021, 10:58

Buxoroda Milliy gvardiya xodimi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi

Buxoroda fuqaro Milliy gvardiya xodimi xizmat vaqtida avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etdi. Safdorni urib ketganlikda gumon qilingan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u qamoqqa olindi.

Akademik Temurbek Usmonov vafot etdi
24 dekabr 2021, 15:22

Akademik Temurbek Usmonov vafot etdi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a’zosi, fizik olim Temurbek Usmonov 79 yoshida vafot etdi. U dunyoda ilk bor quvvatli lazer nurlanishlarining eng katta samaradorlikdagi garmonikalari va yorug‘likning eng yuqori darajadagi parametrik generatsiyalarini olishga erishgan edi.

Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgan ikki fuqaro umrbod ozodlikdan mahrum etildi
21 dekabr 2021, 18:02

Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgan ikki fuqaro umrbod ozodlikdan mahrum etildi

Fevral oxirida Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesida yong‘in chiqib, buning oqibatida 5 kishi vafot etgandi. JIB Olmazor tuman sudi ushbu jinoyatni sodir etgan 36 va 26 yoshli shaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. «Gazeta.uz» jinoyat nima sababdan va qanday sodir etilganini ham aniqlashtirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting